Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi diplomatlari Navro‘zga atab o‘zbekcha she’r o‘qidi (video)

Yevropa Ittifoqi diplomatlari Navro‘zga atab o‘zbekcha she’r o‘qidi (video)

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan videotabrik tayyorladi. Musiqiy-badiiy lavhada vakolatxona rahbari, elchi Sharlott Adrian boshchiligidagi diplomatlar hamda xodimlar sharqona yangi yilga atab o‘zbekcha she’r o‘qigan.

Ushbu she’rda «Bobolar halim solar, / Latifa aytib turar. / Ichakuzdi hazillar, / Qiziydi sho‘x bazmlar. / Elga rizq-ro‘z ulashib, / Tandir nonin ushatib, Yayrab keldi Navro‘zim / Yashnab keldi Navro‘zim» kabi xalqona satrlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Sharlott Adrian xonim Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari sifatida 2021 yil 23 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘ini topshirgan. Ushbu uchrashuvda YeI an’anaviy ravishda mamlakatimizning muhim strategik sherigi bo‘lib kelayotgani, yevropalik hamkorlar yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar, iqtisodiy islohotlar va transformatsiya jarayonlariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

YeI vakolatxonasining mezbon mamlakatga ehtirom ramzi sifatida o‘zbek tilida tabrik yo‘llashi an’anaga aylanmoqda. Avval xabar berganimizdek, 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ham YeI delegatsiyasi original videoqutlov hozirlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring