Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faoliyati tugatilayotgan davlat boshqaruvi organlari (ro‘yxat)

Faoliyati tugatilayotgan davlat boshqaruvi organlari (ro‘yxat)

«Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan quyidagi davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazilgan holda tugatiladi:

  • Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  • Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  • Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  • Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
  • Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilmoqda.

Avvalroq yangi tashkil etilgan, nomi o‘zgartirilgan va birlashtirilgan vazirliklar nomi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring