Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Bekmirzayev Quyoshbek Xolmatovich Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Quyoshbek Bekmirzayev 1982 yilda Quva tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona Politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2005 yilda Farg‘ona shahar DSI davlat soliq inspektori sifatida boshlagan. Tayinlovga qadar Toshloq tuman DSI boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, davlat soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Toshmatov Doniyorbek Kurbanovich Toshloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Doniyorbek Toshmatov 1986 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialini tamomlagan. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2013 yilda Farg‘ona shahar DSI davlat soliq inspektori sifatida boshlagan. Tayinlovga qadar Toshloq tuman DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter