Farg‘ona shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi

Mirzohid Ubaydullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Farg‘ona shahri hokimi lavozimidan ketgan. Ushbu lavozimga 2021 yil fevral oyida tasdiqlangan edi.
U Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Mirzohid Ubaydullayev 1976 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabida tahsil olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter