Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ahmedov Xurshidjon Rustamovich Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U 1979-yil 6-iyun kuni Qo‘shtepa tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Marg‘ilon shahar hokimligi bosh mutaxassisi, Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

X. Ahmedov 2020-yil 24-oktyabrdan buyon hozirga qadar Farg‘ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas