Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona YHXB boshlig‘i ishdan olindi: sabab ma’lum

Farg‘ona YHXB boshlig‘i ishdan olindi: sabab ma’lum

Akmal Ahmedov.

Foto: IIV.

Farg‘onada rafiqasi nomiga kelgan yuzdan oshiq jarima bekor qilingan rahbar ishdan olindi. 

Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i podpolkovnik A.Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami 40 081 SBA bo‘lgan «Malibu-2» avtomashinasi haydovchisi 100 tadan ortiq qoidabuzarlik sodir etgani va ularning 106 tasi «oxirgi zarurat holatida qoida buzgan» deb topilib, jarimalar bekor qilingani xabar berilgan

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil egasi A.Ahmedovning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Ishdan olish qarori shaxsan Ichki ishlar vaziri tomonidan qabul qilingani aytiladi. 

YHXX ma’lumotiga ko‘ra, hozirda ish yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring