Farg‘onada bog‘cha bolasini tok urdi: holat bo‘yicha tergov boshlangan
Joriy yilning 18-fevral kuni Farg‘ona shahrida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi voyaga yetmagan R.A (2020-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) muassasa hududidagi transformatorlar o‘rnatilgan maxsus yerto‘laning ustki darchasidan yiqilib tushgan. Natijada bolani tok urgan va u tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.
Bolalar ombudsmani bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda R.A.ning olgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Mazkur holat bo‘yicha Farg‘ona shaxar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi sodir bo‘lgani va 60 nafardan ortiq bola shifoxonalarda qolayotgani aytilgandi.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter