Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada egizaklariga Shavkatjon, Ziroatxon, Saida deya ism qo‘ygan otaga «Cobalt» avtomobili berildi

Farg‘onada egizaklariga Shavkatjon, Ziroatxon, Saida deya ism qo‘ygan otaga «Cobalt»  avtomobili berildi

Foto:«Daryo»

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida tug‘ilgan Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxonning otasiga O‘zbekiston Prezidenti nomidan «Cobalt» mashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Bir necha kun avval Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Islomjon va Diloromxon Isroilovlar oilasida 1-may kuni uch egizak chaqaloq dunyoga kelgandi.

Foto:«Daryo»

Ularga O‘zbekiston Prezidenti va uning oilasi sharafiga ismlar tanlandi. Egizaklarga Shavkatjon (O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga), Ziroatxon (O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga) va Saidaxon (O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva sharafiga) deb ism qo‘yildi.

5-may kuni chaqaloqlarning ota-onasiga Prezident nomidan «Cobalt» avtomashinasi, 3 egizak uchun mo‘ljallangan bolalar aravachasi va bola parvarishida zarur bo‘ladigan boshqa zarur narsalar topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring