Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beshariq tumanida Mustaqillik oqshomi tadbiri o‘tkazildi

Beshariq tumanida Mustaqillik oqshomi tadbiri o‘tkazildi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan joylarda «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida mustaqillik oqshomlari o‘tkazilmoqda. 

Beshariq tuman markaziy madaniyat va istiroxat bog‘ida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Rahmatullo Kamolov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Sharofutdinov so‘zga chiqdi. 

– Kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning muqim daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash, har bir insonning qadr-qimmatini joy-joyiga qo‘yish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash singari muhim hayotiy masalalar katta e’tibor qaratilayotgani fuqarolarda islohotlar jarayonida faol ishtirok etishga undamoqda, – deydi biz bilna suhbatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Sharofutdinov.

Shuningdek, tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Rustamali Majidov va Farg‘ona viloyati Kengashi deputati, tadbirkor Boxirjon Turdaliyevlar ham istiqlol buyuk ne’matligini ta’kidlab, olib borilayotgan islohotlarda O‘zLiDeP ham faol ishtirok etayotganini faxr bilan tilga oldilar.

Tadbir xonandayu sozandalarning kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring