Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onaning tuman va shaharlari chegarasi o‘zgartiriladi

Farg‘onaning tuman va shaharlari chegarasi o‘zgartiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Beshariq, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Beshariq, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari hududi chegaralari o‘zgartiriladi.

Bunda:

  • Farg‘ona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
  • Qo‘shtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
  • Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
  • Dang‘ara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
  • O‘zbekiston tumanidan 1456 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
  • Uchko‘prik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
  • Farg‘ona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkaziladi.

Belgilab qo‘yilishicha, Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahaplari tapkibiga qo‘shimcha ravishda kipitilayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga qapashli yeplap ularning ixtiyopida qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring