Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vafot etdi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vafot etdi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jumaniyozov Ulug‘bek 43 yoshida vafot etdi.

Qayd etilishicha, Ulug‘bek Jumaniyozov 1980 yil 15 sentyabr Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2003 yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini «Sadkem» MChJ dorixonasida provizor yordamchisi sifatida boshlab, qator tizim muassasalarida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi bosh provizori, SSV Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo‘yicha bosh nazoratchi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring