«FAROVON SUG‘URTA» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga

«FAROVON SUG‘URTA» Aksiyadorlik Jamiyatining Kuzatuv kengashi majlisida kvorumi mavjud bo‘lmaganligi bois, 2022-yil 8-iyunda Korporativ axborot yagona portalida, Jamiyatning rasmiy veb-saytida va Xabar.uzda aksiyadlorlarning yillik umumiy yig‘ilishi 2022-yil 30-iyunda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 78 moddasiga asosan quyidagicha uzgartirilmoqda:
Toshkent sh. Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: farovonsugurta@mail.ru, veb-sayt:www.farovonsugurta.uz) «FAROVON SUG‘URTA» Aksiyadorlik Jamiyati 2022 yil 7 iyul soat 11:00da Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 109 uy manzilda joylashgan «ALSKOM» Sug‘urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati bosh ofis binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishni ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10:30 da boshlanadi.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim.
Yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022-yil 8-iyun.
O‘tkazilayotgan yillik umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022-yil 1-iyul.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1) Umumiy yig‘ilish reglamenti tasdiqlash va sanoq komissiyasini saylash.
2) Jamiyat Kuzatuv kengashini yangi tarkibda saylash.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va ovoz berish aksiyadorlar yoki ularning vakillari shaxsan ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilangan.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan materiallar bilan Kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109 uy manzilida joylashgan ma’muriy binosida tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 147-11-00.
«FAROVON SUG‘URTA» AJ Kuzatuv Kengashi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter