Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farrux Tursunov Madriddagi diplomatik missiyani boshqaradi

Farrux Tursunov Madriddagi diplomatik missiyani boshqaradi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Farrux Tursunov Ispaniya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Diplomat 50 yoshda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashida ishlagan.

Tashqi ishlar vazirligi tizimida 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda turli lavozimlarda ishlagan, jumladan attashedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi (2008-2012 y.) va Yaponiyadagi (2012-2017 y.) elchixonalariga rahbarlik qilgan. 2018 yildan buyon u TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgan edi.

Farrux Tursunov Madriddagi diplomatik missiyaga 2017 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jahongir G‘aniyev o‘rniga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring