Deputatlar «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ma’qulladilar
Bugun Qonunchilik palatasida «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi. bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘z kanalida xabar berdi.
Yangi qonun loyihasida favqulodda holatni joriy etish holatlari va tartibi, favqulodda holatda qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, favqulodda holat amal qiladigan davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari, favqulodda vaziyat sharoitida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari, favqulodda holat sharoitlarida sudlarning faoliyatini tartibga soluvchi va boshqa maxsus qoidalar mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Yangi qonunga ko‘ra, favqulodda holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki alohida ma’muriy hududlarida joriy etiladi.
Prezidentning bunday Farmoni uch sutka mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Prezidentning favqulodda holatni joriy etish to‘g‘risidagi Farmoni darhol ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: qonun loyihasi Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan uchta o‘qishda qabul qilingan taqdirda Senatga yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter