Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Favqulodda vaziyatlar vaziri tayinlandi

Favqulodda vaziyatlar vaziri tayinlandi

Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq Botir Qudratxo‘jayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. 

Avval bu lavozimda Abdulla Qo‘ldoshev ishlayotgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring