Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko‘paytiriladi

Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko‘paytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 mlndan 4,5 mln so‘mgacha) oshiriladi.

Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:

  • ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;
  • shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;
  • davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish;
  • doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, turmush o‘rtog‘ining ota-onalari) statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi;
  • donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi (27 ming 600 so‘m) miqdorida belgilanadi;
  • immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi;
  • shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring