Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (380-son, 18.06.2021-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, barcha fuqarolar yig‘inlari geografik joylashuvi va aholi soni bo‘yicha toifalarga ajratiladi.

Fuqarolar yig‘ini davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va o‘z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.

Fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyalari fuqarolar yig‘inlari organlari hisoblanadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazorat sub’yektidir.

Fuqarolar yig‘ini majlisida 18 yoshga to‘lgan va fuqarolar yig‘ini hududida doimiy, vaqtincha yoki asosan yashayotgan shaxslar qatnashadi.

Fuqarolar yig‘inlarida uning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi komissiyalar tuziladi:

- oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;
- xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya;
- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring