Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘allaorollik yigitni IIB xodimlari tahqirlagani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

G‘allaorollik yigitni IIB xodimlari tahqirlagani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda «G‘allaorollik yigit IIB xodimlari uni tahqirlashganini bildirdi» sarlavhasi bilan tarqatilgan maqola o‘z tasdig‘ini topmadi va voqeaning asl holati ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 2019-yil 14-fevral kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan «KIA-VONGO» rusumli 10 L 141 LA davlat raqam belgili avtomashinasida 1000 litr yoqilg‘i (benzin) mahsulotini Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi Akmal Ablakimov tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar 2019-yil 15-fevral kuni Ishtixon tumani IIB tomonidan tegishliligi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Ishtixon tumani Davlat soliq inspeksiyasiga yuborilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarga Akmal Ablakimov tan jarohati olgani yuzasidan berilgan xabarga javoban, Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasining 2019-yil 14-fevral kunidagi ma’lumotnomasida Akmal Ablakimovning tashqi jarohat belgilari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Fuqaro Akmal Ablakimov bilan o‘tkazilgan suhbat davomida, 2019-yil 14-fevral kuni soat 14.00larda ishonchnoma orqali boshqarib yuradigan «KIA-BONGO» rusumli, 10 L 141 LA davlat belgili avtomashinasini boshqarib, Ishtixon shahridagi «Lazizjon» to‘y marosimlarini o‘tkazish maskani qarama-qarshisida joylashgan avtomashinalarga yoqilg‘i quyish shahobchasiga kelganligini, avtomashina yuk xonasida bo‘lgan bir tonnalik yelim idishga bir tonna benzin yoqilg‘isini to‘rt million so‘mga sotib olganligini, so‘ngra Ishtixon tumanning markaziy ko‘chasi bilan Qo‘shrabod tumaniga ketayotgan vaqtida yo‘lda ikki nafar YHXB xodimlari to‘xtatganligini, xodimlarga barcha hujjatlarni taqdim qilganligini, xodimlar transport vositasini yukxonasini ko‘zdan kechirganligini, xodimlarga benzin yoqilg‘isi borligini aytganligini, xodimlar avtomashinani A.Ablakimov bilan Ishtixon tuman IIBga olib kelishganligini, A.Ablakimov Ishtixon tumani prokuraturasiga tuman IIB xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, murojaat qilganligini ma’lum qilgan.

Internet tarmog‘ida bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan xabar e’lon qilinganligini Ishtixon tuman prokuraturasiga kelib eshitganligini, o‘zi internet tarmog‘iga bu ma’lumotlarni joylashtirmaganligini va kim bu ma’lumotlarni joylashtirganidan xabari yo‘qligini, u tuman IIBda bo‘lgan vaqtida xodimlar uni ko‘rsatma berishga majburlamaganligini, hech kim yalong‘och qilmaganligini, videotasvirga olmaganligini, sha’ni va qadr qimmatini kamsitmaganligini ham ta’kidlagan.

Hozirgi kunda yuqoridagi holatni mukammal o‘rganish maqsadida tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring