Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazdan aksiz soliq olinmaydi

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazdan aksiz soliq olinmaydi

Foto: Xabar.uz

«Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5267-son, 25.10.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-oktyabrdan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi.

2022-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.

Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring