Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada kamida 3 yillik ish taklif qilinmoqda

Germaniyada kamida 3 yillik ish taklif qilinmoqda

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizning chet elda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat bilan band bo‘lishi hamda dunyoning rivojlangan davlatlarida munosib ish o‘rinlariga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Bu borada Germaniyaning vakolatli tashkilotlari bilan kelishuvga erishilib, dastlab 500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini «GfM Gruppe» agentligi orqali ushbu davlatda tibbiyot, qurilish, yo‘lsozlik, informatsion texnologiyalari, logistika, qariyalarni parvarish qilish, metall konstruksiyalari va boshqa texnik sohalarda mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish ko‘zda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan, Germaniyada dastlab dual tizimida, ya’ni bir paytning o‘zida kasb o‘rganish va haq to‘lanadigan ishga, keyinchalik to‘liq ishga jalb qilish maqsadida ish beruvchilarning talablariga to‘g‘ri keladigan nomzodlarni aniqlash va ularning bazasini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • 18-27 yoshgacha bo‘lishi;
  • maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi;
  • nemis tilini kamida V1, ya’ni mustaqil muloqot qilish darajasida bilishi;
  • Germaniyada kamida 3 yil muddat davomida mehnat faoliyatini amalga oshirishga tayyor bo‘lishi;
  • odamlarga nisbatan ochiqko‘ngil va tez muloqotga kirishuvchan bo‘lishi;
  • sog‘lom va sudlanmagan bo‘lishi lozim;
  • ish vaqti: 3 smenada 8 soatdan;
  • sinov muddati: 6 oy.

Agar nomzod amaliyotdan muvaffaqiyatli o‘tmasa yoki kasb o‘rganishni davom ettirish uchun mos kelmaydigan, deb hisoblansa, u o‘z mablag‘lari yoki sug‘urta xarajatlari hisobidan O‘zbekistonga qaytariladi.

Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 1282 (qisqa raqami) yoki 71 202-33-55, 71 200-00-61.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – (61) 222-53-32, (61) 222-53-34;
  • Andijon viloyati – (95) 202-33-55;
  • Buxoro viloyati – (99) 708-49-98;
  • Jizzax viloyati – (72) 226-91-97, (72) 226-91-87;
  • Qashqadaryo viloyati – (75) 224-05-25, (97) 311-70-20, (97) 770-04-92;
  • Navoiy viloyati – (79) 224-11-60;
  • Namangan viloyati – (69) 227-94-64, (69) 227-97-27;
  • Samarqand viloyati – (66) 233-24-00, (66) 233-53-00;
  • Sirdaryo viloyati – (67) 225-55-59;
  • Surxondaryo viloyati – (76) 222-45-22;
  • Toshkent viloyati – (55) 900-33-10;
  • Farg‘ona viloyati – (73) 244-56-69;
  • Xorazm viloyati – (62) 224-12-35;
  • Toshkent shahri – (71) 202-33-55 (ichki raqam 39).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring