Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada ko‘chada qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi

Germaniyada ko‘chada qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasiga Work and Travel dasturi bo‘yicha Germaniyaga kelgan, ish bilan bog‘liq muammolar va yetarli moliyaviy resurslar yo‘qligi sababli Myunxendagi markaziy vokzalda tunashga majbur bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushdi.

O‘zbekistonning Turon World Consulting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tashkilot 98 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Work and Travel dasturi bo‘yicha Germaniyaga mavsumiy ishlarga jo‘natgan.

Bosh konsulxona hodimlari «Humo» o‘zbek-nemis madaniy jamiyati faollari bilan birgalikda voqea joyiga zudlik bilan yetib borganlar.

O‘zbekistonlik vatandoshlar imkoniyatlaridan foydalanib, 35 nafar muhtoj O‘zbekiston fuqarolariga ushbu hududda vaqtincha yashashlari uchun zarur yordam ko‘rsatdilar.

O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi va Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga oldilar va vakolatli organlar bilan hamkorlikda mazkur muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqdalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring