Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gidrometeorologiya xizmati yangi haftadagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Gidrometeorologiya xizmati yangi haftadagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kelayotgan hafta ish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

13-sentyabr kuni sovuq antitsiklonning oxirgi bosqichi ta’sirida respublikada salqin havo saqlanadi. Kunduz kuni harorat shimolda +28 darajagacha, janubda +33 darajagacha ko‘tariladi. Boshqa viloyatlarda maksimal harorat +30 darajaga yetishi prognoz qilinmoqda. Kechalari harorat +10 darajagacha, tog‘larda +5 darajagacha pasayadi.

14-sentyabrdan boshlab kunlar isishni boshlaydi. 15-sentyabr respublikaning barcha viloyatlarida issiq harorat kutiladi. Kunduz kuni harorat +35 darajagacha ko‘tariladi. Sinoptiklar 16-sentyabr kuni ham Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida issiq havo saqlanishini hamda havo harorati maksimumi +35 darajagacha ko‘tarilishini prognoz qilgan.

Yangi haftada respublika hududlarida barqaror havo kuzatilib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring