Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ofurjon Mirzayev vatandoshlarga tashakkurnoma yo‘lladi

G‘ofurjon Mirzayev vatandoshlarga tashakkurnoma yo‘lladi

Foto: Xabar.uz

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev hozirgi paytda moddiy va ma’naviy madadga muhtoj bo‘lgan kishilarga yordam ko‘rsatayotgan vatandoshlarga tashakkurnoma yo‘lladi.

Joriy yilgi sinovli damlar butun dunyo ahlini bir-birlariga mehr-oqibatli bo‘lishni, barcha insoniy fazilatlarni yanada mustahkamlashga turtki bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mamlakatimiz fuqarolari yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda xalqimizning birdamliligini, hamjihatligini va albatta, nechoqlik saxovatpeshaligini namoyon etayotgan bo‘lsa, kuni kecha Sardoba suv omborida yuz bergan falokatni bartaraf etish va talofat ko‘rganlarga yordam ko‘rsatishda yana bir bor isbotlamoqdalar.

Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglikning bunday noyob ijtimoiy xususiyati o‘ylaymanki dunyoning biron nuqtasida yo‘q. Xalqimizning buyukligi xam mana shunda aziz yurdoshlar, bunga tarix ko‘p marotoba guvoh bo‘lgan.

Sizning bugungi ko‘rsatayotgan haqiqiy o‘zbekona bag‘rikengligingiz, mehr-muruvvatingiz, beminnat yordamingiz ko‘rilgan talofatlarni bartaraf etishda madad bo‘ladi. Ayniqsa, falokatdan aziyat chekkan shaxslarga yetib borib, ko‘ngillarini xushnud etishi shubhasiz.

Xolis niyatda amalga oshirayotgan ko‘maklaringiz bilan hozirgi paytda moddiy va ma’naviy madadga muhtoj bo‘lgan kishilarning dillariga malham baxshida etmoqdasiz. Bu harakatlaringiz g‘oyat tahsinga sazovordir.        

Oliy himmatligingiz uchun Sizga ming bora tashakkur! – deydi hokim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring