Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Green Card soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi bo‘ldi

Green Card soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi bo‘ldi

AQShning Green Card lotereyasini o‘ynaganlar soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi bo‘lgan. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabar bergan.

«Biz Green Card lotereyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Davlat statistika departamentining aprel oyidagi so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning Toshkentdagi elchixonasi turli millat vakillari uchun vizalar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi», deyiladi xabarda.

2023 yilgi «Green-card» javoblari 8 may kunidan boshlab e’lon qilingan. Eslatib o‘tamiz, AQSh DV-2023 lotereyasi (grin karta) 2021 yil 6 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanib, 2021 yil 9 noyabr soat 21:00 da tugagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring