Gripp bo‘lgan bemorlar oldida nafas olmang

Merilend universiteti olimlari gripp bilan kasallangan odamlar oldida nafas olmaslikni tavsiya qilishmoqda. Ularning ta’kidlashicha, o‘zida kasallik alomatlarini sezgan bemorlar uyda qolishlari va boshqalarni zararlashdan saqlanishlari kerak. Bu qarorga olimlar grippning 142 holati bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari asosida kelishdi.
Bemor insonlar hatto yo‘talmagan taqdirlarida ham, ayniqsa, kasallikning dastlabki kunlarida aerozollar ko‘rinishidagi infeksiyani tashiydilar.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bemor bilan muloqot qiluvchi insonlar doim qo‘llarini yuvishlari va imkon qadar ular bilan kamroq muomala qilishlari kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter