Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gudollning so‘nggi tug‘ilgan kuni

Gudollning so‘nggi tug‘ilgan kuni

Foto: «Bild»

Avstraliyalik eng keksa olim Devid Gudoll o‘z xohishiga ko‘ra hayot bilan xayrlashdi. 104 yoshni qarshilagan olim Shveysariyaning Bazel shahridagi kasalxonada evtanaziya qilindi. Bu haqda «Germania.one» xabar berdi.

Gudoll 90 yoshiga qadar o‘zini ancha yaxshi his qilar, hatto tennis o‘ynardi. Yaqingacha G‘arbiy Avstraliyaning Pert shahridagi Edit Kouen nomidagi universitetda ishlab kelardi. 2016 yili, Gudoll 102 yoshga kirganida, universitet ma’muriyati uning salomatligini o‘ylab uyida ishlashga ko‘ndirdi, biroq bu olimga og‘ir botdi.

Gudoll 2018-yil 4-aprel kuni 104 yoshini qarshiladi. Ammo Gudoll bundan baxtli emas:

“Bu yoshga kirganimdan juda afsusdaman. Men baxtli emasman. O‘lishni istayman. Bu qayg‘uli emas. Meni bu dunyoda ushlab turishgani qayg‘uli”.

Avstraliyaning ayrim tumanlarida evtanaziyaga ruxsat bor, shundayam inson tuzalmas dardga chalingan bo‘lsa. Devid Gudoll esa bu toifaga kirmasdi, shunchaki qarigan, xolos. Shveysariyadagi «Life Circle» klinikasi bilan kelishishga to‘g‘ri keldi. Evtanaziya qilish to‘g‘risidagi so‘nggi qarorga olim bir necha hafta oldin, kvartirasida yiqilib tushib, uy bekasi kelib topib olmagunicha ikki kun polda yotganida keldi.

Gudoll 10-mart kuni soat 11:40 da yaqinlari davrasida Betxovenning «To‘qqizinchi simfoniya»si sadolari ostida hayot bilan vidolashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring