Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi
Guliston shahar hokimi lavozimiga Xojimanov Jamoliddin Husnuddinovich tayinlandi.
Jamoliddin Xojimanov 1987 yilda Sardoba tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Chilonzor tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bir oy avval Guliston shahrining oldingi hokimi To‘lqinjon Dadabayev o‘z xohishi bilan lavozimidan ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter