Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Guliston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Deputatlar tomonidan Mamadaminov Ulmasjon Yarmaxammatovich nomzodi Guliston tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U.Mamadaminov 1976 yilda Oqoltin tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, tumanning avvalgi hokimi 11 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda ishdan olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring