Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimova «komandasi»  bilan kelishmagani oqibatida uzoq yilga «kesilgan» «Muvad-video» rahbari oqlandi

Gulnora Karimova «komandasi»  bilan kelishmagani oqibatida uzoq yilga «kesilgan» «Muvad-video» rahbari oqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Gulnora Karimova «komandasi» bilan «yo‘llari kesishgani» sabab 2013-yilda bor-burdidan mosuvo qilgan  qilingan holda 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan «Muvad-video» rahbari Abdushukur Islomov va ikki akasi oqlandi. Bu haqda kenja Islomov «Feysbuk» tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

«Biz aka-uka Islomovlarga 2013-yildagi chiqarilgan nohaq hukm, bugun 28-noyabr 2019-yili (bekor qilindi), adolat qaror topdi va oqlandik», deb yozadi A. Islomov.

Eslatib o‘tamiz, Islomovlarning boshiga tushgan ko‘rguliklar  xususida  roppa-rosa bir yil avval  saytimizda «Senimi, shoshmay tur?!» sarlavhali tanqidiy-tahliliy  maqola e’lon qilingandi. Shu yilning yozida esa ularga nisbatan chiqarilgan hukm Oliy sud tomonidan bekor qilinib, qayta ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga yuborilgani xabari berilgan edi.

Aftidan, qayta o‘tkazilgan sudda aka-ukalar oqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring