Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ulomjon Samadov Prezident administratsiyasi shu’basi mudiri bo‘ldi

G‘ulomjon Samadov Prezident administratsiyasi shu’basi mudiri bo‘ldi

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatida xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida Prezident farmoyishi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Xalqaro press-klub sharhlovchisi G‘ulomjon Xursandovich Samadov tadbirlar yoritilishini tayyorlash shu’basi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Nosirjon Jamoliddinovich Jo‘rayev tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparati ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring