Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyat sodir etishda gumondor qidirilmoqda

Jinoyat sodir etishda gumondor qidirilmoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsning qidiruvida hamkorlik qilishni so‘radi.

Qayd etilishicha, Melikuziyev Javoxir Jaxongirovich, 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan.

J.Melikuziyev Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida oltita o‘g‘irlik jinoyatini sodir etishda gumon qilinmoqda. Gumon qilinuvchi xonadonlarga kirish eshigining qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan, so‘ng ularni «Qo‘yliq» bozorida sotgan.  

«Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz J.Melikuziyev haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, +998998487577 yoki +998977104994 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz!», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring