Hafta o‘rtasidan yomg‘irli kunlar boshlanadi – O‘zgidromet
O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, mamlakatning barcha hududlarida 3-10 dekabr kunlari havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisman yumshoq ob-havo saqlanadi.
Kunlarning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim viloyatlarda 4-5 va 9-10 dekabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir (tog‘li hududlarda yomg‘ir-qor) kuzatilishi mumkin.
Xususan,Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 4-5 dekabr va 9-10 dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida faqatgina 9 dekabr, Farg‘ona vodiysida esa 10 dekabr kuni biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter