Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta oxirlarida kunlar yana isiydi

Hafta oxirlarida kunlar yana isiydi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 28 oktyabr — 1 noyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Bugun O‘zbekiston hududi sovuq va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi. Kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam. Havo harorati kunduzi 8-13 darajadan ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga pastdir.

Ertaga O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 10-15 darajagacha biroz ko‘tariladi.

Chorshanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Sovuq havo massasi mamlakatimiz hududidan chekina boshlaydi, harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha, kunduzi 12-17 darajagacha ko‘tariladi.

Payshanba va juma kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari 2-7 daraja iliq, atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 15-20 darajagacha ko‘tariladi.

28-30 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushishi kuzatiladi.

28-30 oktyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraaja, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

30 oktyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

31 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring