Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodan poytaxtga tirikchilikka kelgan fuqaroga 100 mln so‘m oylik yozilgan bo‘lib chiqdi. U bundan hayratda!

Qashqadaryodan poytaxtga tirikchilikka kelgan fuqaroga 100 mln so‘m oylik yozilgan bo‘lib chiqdi. U bundan hayratda!

Foto: «Xabar.uz»

Jasur Mirzayev bundan ikki yil oldin Qashqadaryodan tirikchilik ilinjida poytaxtga keladi. Tanish va bilishlar yordamida Toshkent shahri, Yunusobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan qurilish tashkiloti — «ENERGY ENGINEERING COMMUNICATIONS» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga kiradi.

J.Mirzayev olti oy ushbu tashkilotga tegishli qurilish ob’yektlarida turli yumushlarni bajarib yuradi. Biroq, kelishilgan oylikdan darak bo‘lavermagach, qo‘l siltab, qishlog‘iga jo‘navoradi.

Bu oddiy hol bo‘lib qolgan. Bugun ushbu korxona bemalol J.Mirzayevni uquvsizlikda ayblab, oylik maoshlarini bermaganligini asoslashi ham mumkin, ammo asosiy masala bunda ham emas.

Gap shundaki, qahramonimiz oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman deb, bankdan kredit olishga hujjat topshirganda ko‘p narsalar ayon bo‘ladi.

Ya’ni «ENERGY ENGINEERING COMMUNICATIONS» firmasida hamon ishlayotgani, oxirgi 12 oyda (2021 yil avgust — 2022 yil avgust) naqd 102 879 192 so‘m pul mablag‘lari oylik ish haqi sifatida rasmiylashtirilganligi ma’lum bo‘ladi. Bundan Mirzayev hayratda?!

Ayni paytda o‘zi ko‘rmagan «pullari»ni o‘ylab uxlolmayapti ekan. O‘sha ikki yil oldin va’da qilingan pulni endi berisharmikan degan umidda yuribdi. Agarda ushbu MChJ vakillari sobiq va amaldagi xodimini topolmayotgan bo‘lsa, biz yordam beramiz.

Yana bir gap: MChJ rahbari yoki ta’sischisining bu gaplardan xabari bormikan?!

Sarvar Ochilov, jurnalist

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring