Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamshiralar ishdan vaqtincha chetlashtirildi

Hamshiralar ishdan vaqtincha chetlashtirildi

Videodan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi shifoxonada hamshiraning farzandi ko‘z o‘ngida vahshiylarcha kaltaklangani haqida videolavha tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi holatga munosabat bildirdi.

«Ma’lum bo‘lishicha, Denov tuman sil kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo‘limi hamshirasi S.T.ning shaxsiy adovati sabab, joriy yil 18-oktyabr kuni soat 10:00 lar atrofida ziddiyatli holat yuzaga kelgan. Ushbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati yetkazilgan.

Tibbiyot xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar ishdan vaqtincha chetlashtirildi. Shu bilan birga, kaltaklangan hamshira qizning ruhiy holati va sog‘lig‘i mutaxassislar nazoratiga olingan.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat  yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring