Harbiy xizmatchi Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
![Harbiy xizmatchi Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/4/0/720_460_95_4077067764.jpg)
Mardonov Elyor Irdonovich Navoiy viloyati hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Elyor Mardonov 1983 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini, 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
U lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchisi vazifasida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter