Harbiy xizmatni birgalikda o‘tagan do‘stlar 35 yil o‘tib uchrashdilar (video)
«Ushbu lavhada ko‘rib turganingiz — Ozarbayjon Prezidentining matbuot kotibi Azer Gasimov va xorazmlik yurtdoshimiz Ulug‘bek Matniyozov.
Bir vaqtlar harbiy xizmatni birgalikda o‘tagan do‘stlar 35 yil o‘tib yana uchrashdilar. Og‘a-inidek bir-birini bag‘riga bosib, boshlaridan kechirganlarini, xizmatdagi xotiralarini esladilar, hayoti, turmushi, ishidan so‘zladilar. Judayam samimiy, ko‘zlarga yosh keltiruvchi uchrashuv bo‘ldi.
Bu voqea bugun Xivada, O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari shaharni ziyorat qilayotgan paytda sodir bo‘lgani ham chuqur ramziy ma’noga ega. Shu uchrashuv ham o‘zbek va ozarbayjon xalqlari do‘stligining ildizlari chuqurligi, taqdirlarimiz bir-biriga naqadar bog‘lanib ketganiga yana bir misol.
P.S. Ozarbayjonlik hamkasbimning o‘zbekistonlik do‘sti bilan uchrashish orzusini ro‘yobga chiqara olganimizdan, ushbu uchrashuvni uning tavallud kunida tashkillashtira olganimizdan xursandmiz», deb yozdi O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z telegram-kanalida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter