Havo harorati 40 dan pasayishiga oz qoldi

«O‘zgidromet» 25–28-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Mamlakatimiz bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi 33-43° gacha, kechasi 19-30° oralig‘idagi havo harorati (hududga qarab) kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 25-26 iyulda 22-27°, 27-28 iyulda 20-25°, kunduzi 25 iyulda 37-42°, 26-28 iyulda 33-38° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 25-26 iyulda kechasi 24-29°, kunduzi 38-43°, 27-28 iyulda kechasi 21-26°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 25-26 iyulda 35-40°, 27-28 iyulda 33-38° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 25-26 iyulda 38-43°, 27-28 iyulda 37-42° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27 iyulda kechasi 23-28°, kunduzi 35-40°; 28 iyulda kechasi 21-26°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 25-27 iyulda 28-33°, 28 iyulda 25-30° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter