Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Havo keskin sovuqlashdi» — O‘zgidromet dam olish kunlariga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«Havo keskin sovuqlashdi» — O‘zgidromet dam olish kunlariga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha 13-15 oktyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Uzoq muddat davom etgan quruq va nisbatan iliq ob-havodan so‘ng, 11-12 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib keldi.

Barcha joylarda yomg‘ir yog‘di, ayrim joylarda kuchli bo‘ldi, tog‘li hududlarda qorga aylandi. Ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayishi kuzatildi. Havo keskin sovuqlashdi.

Bugun ertalab deyarli barcha joylarda yog‘ingarchilik to‘xtadi va kun davomida respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Yog‘ingarchiliksiz ob-havo dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Bugun kunduzi havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab harorat 3-6 daraja iliqgacha pasayadi, kunduzi havo asta-sekin iliqlashadi va yakshanba kuni kunduzi havo 17-20 darajagacha isiydi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutimaydi, 14-15 oktyabrda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Harorat 13 oktyabrda 10-12 daraja, 14 oktyabrda kechasi 4-6 daraja, kunduzi 14-16 daraja, 15 oktyabrda kechasi 5-7 daraja, kunduzi 17-19 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring