Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonlik tadbirkordan 2,4 mlrd.lik beg‘araz yordam (foto)

Hindistonlik tadbirkordan 2,4 mlrd.lik beg‘araz yordam (foto)

Foto: Xabar.uz

17 iyun kuni Toshkent shahridagi Vaksina saqlash omborxonasida «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» kabi ro‘yxatda turgan oilalar uchun katta miqdorda dori-darmon vositalari beg‘araz berilgan.

Hindistonlik investor Jorj Muller ta’sisligidagi «Generika» qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 2,4 mlrd. so‘m bo‘lgan 13 turdagi dori vositalari beg‘araz yordam sifatida ajratilgan. Ushbu yuklar butun O‘zbekiston bo‘ylab tarqatiladi.

«Generika» tomonidan bir qator yo‘nalishdagi dori vositalari va biologik qo‘shimchalar savdosi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan:

  • bepushtlik uchun gormonal preparatlar (Pubergen, Endogen, Ginogen);
  • gepatit (B, C) va jigar sirrozi uchun dori vositalari (Bitsiklol);
  • buyrak faoliyatining buzilishini oldini olish uchun biologik qo‘shimchalar (Reno Forte, Reniton);
  • chaqaloqlar uchun vitaminlar (Vitamin K - Fayton).

2022 yil davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda kardiologiya, onkologiya va gematologiya yo‘nalishlari uchun unikal va sifati yuqori bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

«Generika» 2021 yildan buyon sog‘liqni saqlash muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa hayriya tashkilotlariga dori vositalarini xayriya etib keladi. Jumladan, 2021 yil davomida 951,5 mln. so‘mlik, 2022 yilning yanvar-may oylari davomida 696,6 mln. so‘mlik dori vositalari xayriya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring