Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv ombori haqida vahimali xabar tarqatganlarga jinoiy ish ochildi

Suv ombori haqida vahimali xabar tarqatganlarga jinoiy ish ochildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Hisorak» suv ombori bilan bog‘liq holat haqida yolg‘on xabarlar tarqatgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar berdi Qashqadaryo viloyati IIB. 

Joriy yil 10 iyun kuni Shahrisabz tumanidagi «Hisorak» suv ombori haqida internet ijtimoiy tarmog‘ida ba’zi fuqarolar yolg‘on axborot tarqatib, odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz tumanida yashovchi D.U., N.A. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim 6-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xabar.uz muxbiri ushbu suv omborida bo‘lib, vaziyatga oydinlik kiritgandi. Aytilishicha, inshoot odatdagi tartibda ishlamoqda, hududda favqulodda holat kuzatilmayapti. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring