Ona-bolani qutqargan yigitga viloyat hokimi ish taklif qildi
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 21 yoshli sportchi yigit kanalda oqib ketayotgan ona va bolani qutqarib qolgani xabar qilingandi.
Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Yangiyer shahri markazidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalida cho‘kayotgan, Saidislombek Abdulqosimzoda tomonidan qutqarib qolingan ona va bolaning xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar olgan.
Ko‘rsatgan jasorati uchun Saidislombekka minnatdorlik bildirilgan va sovg‘alar topshirilgan. Shuningdek, u viloyat hokimi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ishlashga tavsiya qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter