Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchilari jamg‘armasining mablag‘lari nima maqsadda ishlatiladi?

Hokim yordamchilari jamg‘armasining mablag‘lari nima maqsadda ishlatiladi?

Hukumat qarori (72-son, 16.02.2022 y.) bilan Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Jamg‘armaning ijrochi organi hisoblanadi.

Jamg‘arma mablag‘laridan, jumladan, quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

- hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan qismini kompensatsiya qilish;

- boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lash (BHMning 2 baravari miqdorida – 540 ming so‘m);

- ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oyda mukofotlash;

- o‘z shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlarini kompensatsiya qilish;

- respublika vakillarining bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yo‘l transportida borib kelishi uchun kompensatsiya to‘lash «ekonom» tarifi bo‘yicha xarajatlarning 100 foizi, «biznes» tarifi bo‘yicha xarajatlarning 70 foizi (samolyotda uchish bundan mustasno);

- yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun subsidiya to‘lash (uy-joy qiymatining 50 foizigacha, biroq 150 million so‘mdan oshmagan miqdorda);

«Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash (BHMning 5 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti – 1 mln 350 ming so‘m).

Nizomga ko‘ra shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi «Onlayn mahalla» elektron platformasiga qarab quyidagi miqdorlarda oylik mukofot puli to‘lanadi:

- qoniqarli deb topilganda – oylik ish haqining 15 foizi miqdorida;
- yaxshi deb topilganda – oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
- a’lo deb topilganda – oylik ish haqining 50 foizi miqdorida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring