Hokimlik poytaxt ko‘chalariga 6,9 mlrd so‘mlik panjaralar o‘rnatadi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt ko‘chalariga temir panjaralar o‘rnatish uchun qariyb 7 mlrd so‘m ajratdi.
Bunda shahar hokimligi ko‘cha va yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, jami 6 mlrd 912,5 mln so‘m mablag‘ hokimlik huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Ob’yektda loyihalash va qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha buyurtmachi etib esa Toshkent shahar hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter