Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlikdan ogohlantirish va yog‘inlar statistikasi

Hokimlikdan ogohlantirish va yog‘inlar statistikasi

Foto: Xabar.uz

Kecha, 2023-yil 2-aprel kunning ikkinchi yarmida Toshkentda momaqaldiroq bilan kuchli jala yomg‘ir yog‘di, shamol tezligi kuchaydi, ba’zi joylarda do‘l yog‘ib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimligi bugun ham aholini ogohlantirdi.

Toshkentda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmoqda.

Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda. 

Gidrometxizmat esa Toshkentdagi bahor fasli yog‘inlari statistikasini taqdim etdi. 

Yomg‘irning davomiyligi 2,5-3 soat bo‘ldi. Shahar tumanlarida yomg‘irning jadalligi: Teleminora hududida - 10 mm, Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi hududida - 22 mm, Toshkent xalqaro aeroporti hududida – 33 mm ni tashkil etdi. Do‘lning diametri 11 mm ga yetdi, shamol ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchaydi.

Taqqoslash uchun, 1936-yil 2-aprelda Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi hududida 32 mm yomg‘ir yog‘gan.

O‘zbekistonda bahor faslida momaqaldiroq bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi, ba’zida do‘l yog‘ishi holatlari ko‘pincha sodir bo‘lib turadi. Bunday holatlar Toshkentda bahor oylarida tez-tez kuzatiladi.

Mart

Toshkentda 2022-yil mart oyi eng nam, me’yor 66 mm bo‘lganda bir oyda 189 mm yog‘ingarchilik bo‘lgan, u me’yordan 285% ni tashkil yetadi. Bunday yog‘ingarchilik miqdori 1969-yil rekordini yangiladi, ushbu davrda bir oy davomida 184 mm yog‘ingarchilik bo‘lgan.

Mart oyida kecha-kunduzlik maksimal yog‘ingarchilik rekordi 50 mm ni tashkil etadi, u 2009 yil 18 martda o‘rnatilgan. 2011-yil 14-mart kuni Toshkentda bir kecha-kunduzda 37 mm yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik yog‘di. Toshkentda deyarli har yili 15 mm dan 22 mm gacha bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi, miqdori 23 mm dan 30 mm gacha bo‘lgan jadal yog‘ingarchiliklar yesa 3-5 yilda 1 marta kuzatiladi.

Aprel

Kuzatuv tarixida 1990-yilning aprel oyi yeng nam bo‘ldi. Toshkentda 179 mm yog‘ingarchilik yog‘di, bu taxminan 3 oylik me’yorni tashkil etdi, 1990-yil 8-aprelda kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdorining mutlaq rekordi o‘rnatildi. Aprel oyining oylik me’yori 63 mm bo‘lganda shu kun davomida Toshkentda 65 mm (!) yomg‘ir yog‘di.

2019-yil aprel oyida Toshkentda oy davomida 146 mm yomg‘ir yog‘di, bu me’yordan 236% ni tashkil etdi, 24 aprel kuni yesa kecha-kunduzlik maksimum 41 mm ni, bu oylik me’yordan 65% ni tashkil etdi. 19-21-aprel kunlari ketma-ket uch kun davomida jami miqdori 52 mm (oylik normadan 83%) bo‘lgan kuchli yomg‘ir kuzatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring