Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlikning «Toyota»si yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborgandi...

Hokimlikning «Toyota»si yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborgandi...

Namangan viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda «Namangan viloyati hokimining davlat raqami 50 010 DAV bo‘lgan Land kruz xizmat avtomashinasi Uychi tumanida yo‘lovchini urib ketganligi haqida kompramatcha keldi. Biron nima deb bayonot berasizlarmi?» mazmunida berilgan xabarga munosabat bildirdi.

«Joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 12:50 lar atrofida Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi davlat raqami 50 010 DAV bo‘lgan Toyota Land Cruiser rusumli avtomobili Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 8-kilometrida baxtsiz hodisa tufayli yo‘lni kesib o‘tayotgan 2017-yilda tug‘ilgan fuqaroni turtib yuborgan.

Yo‘lovchi zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. To‘liq tibbiy tekshiruv o‘tkazilgan, jiddiy shikastlanish aniqlanmagan, faqatgina yuz sohasida shilinish bo‘lgan, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qo‘shimcha davolanish talab etilmaydi.

Hozirda yo‘lovchining ahvoli yaxshi va o‘zining uyida odatdagi hayotiy faoliyatini davom ettirmoqda», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha barcha hujjatlar IIB tomonidan rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring