Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hududgazta’minot» iste’molchilarni ogohlantirdi

«Hududgazta’minot» iste’molchilarni ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

«Hududgazta’minot» gaz ta’minoti qayta tiklanayotgani sababli iste’molchilarga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, poytaxtda va mamlakatning boshqa hududlarida gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Shu munosabat bilan «Hududgazta’minot» AJ fuqarolardan uylar va xonadonlar ichidagi gaz uskunalarini, xususan, gaz plitalarini, isitish va suv isitgich asboblarini hamda dudbo‘ronlarni puxta tekshirishni so‘ragan.

«Maishiy uy yoritgichlari va boshqa elektr jihozlarini yoqishdan oldin xonaga kirib, uning ichida gaz hidi (boshqa begona hidlar) yo‘qligiga ishonch hosil qilishingiz va faqat shundan keyingina elektr energiyasidan foydalanishingiz kerak», deyiladi xabarda.

Ko‘p qavatli turar joy binolarida zamonaviy elektr asboblari va ikki konturli qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasiga amal qilish zarur. Agar isitish qozoni yerto‘lada joylashgan bo‘lsa, u soz ahvolda ekaniga ishonch hosil qilish lozim.

«Hududgazta’minot» AJ fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishni va «zangori» yonilg‘idan oqilona, isrof qilmay foydalanishni iltimos qilgan.

Hisobga olish (o‘lchash) asbobi o‘chib qolgan taqdirda, barcha gaz ishlatadigan uskunalarni o‘chirib qo‘yish, so‘ng markaziy ko‘k rangli ENTER tugmasini uch marta bosib, 6 daqiqa kutib turish kerak.

Gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kecha-yu kunduz ishlaydigan Call-markaziga (1104), avariya-dispetcherlik xizmatiga (104) hamda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Gaz ta’minoti muammolari va ularni hal qilish yollari» jamoat guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring