Qarzdorlar o‘chiriladi — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ iste’molchilarni ogohlantirdi
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ joriy yilning 27-yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushirilishini ma’lum qildi.
«Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tamiz», — deyiladi axborotda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi, deya ogohlantirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter