Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarda yuqori texnologiyali operatsiyalar keskin ko‘paytiriladi

Hududlarda yuqori texnologiyali operatsiyalar keskin ko‘paytiriladi

Foto: SSV matbuot xizmati.

Bugun yurtimizda 24 ta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi va joylarda 269 ta hududiy filiali faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 6000 dan ziyod tibbiy amaliyotlar o‘tkazilmoqda.

Shundan:

- 750 dan ortig‘ini — viloyat,

- 150 dan ziyodini — tuman darajasida bajarish o‘zlashtirildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida:

14 ming nafardan ortiq imtiyozli toifadagi bemorlarda yuqori texnologik amaliyotlar bajarildi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 1500 nafardan ziyod mutaxassislari joylarga chiqib, ular tomonidan 50 mingga yaqin bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yil yakuniga qadar mazkur yo‘nalishda quyidagi ishlar bajarilishi ko‘zda tutilgan:

Akusherlik va ginekologiya, Reproduktiv salomatlik, Skrining va Respublika perinatal markazlari negizida Akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi.

300 ga yaqin buyrak, 10 ta jigar va 15 ta o‘zak hujayra transplantatsiyasi amaliyoti bajariladi.

Miokard infarkti va insult kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichlari kamaytiriladi.

Koxlear implantatsiya operatsiyalari soni 350 dan 650 taga yetkaziladi.

Tuman darajasida bajarilayotgan jarrohlik amaliyotlari soni 100 taga ko‘paytiriladi.

Hududlarda yuqori texnologiyali operatsiyalar ulushi 23 foizdan 60 foizga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring