Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat 4 ta pedagogika oliygohiga yangi rektorlar tayinladi

Hukumat 4 ta pedagogika oliygohiga yangi rektorlar tayinladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan 4 ta pedagogika oliygohiga rektor tayinlandi.

Jumladan:

  • Yo‘ldoshev Maqsudjon Abdullayevich Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
    U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i edi;
  • Toshkenboyev Ulug‘bek Nig‘matovich Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi. 
    U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi edi;
  • Saidov Mash’al Samadovich  Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
    U bunga qadar Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri edi;
  • O‘roqov Sherzod Rahmonovich Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
    U bunga qadar Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali direktori edi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring